“CHIRCHIQ TRANSFORMATOR ZAVODI” AKTSIYADORLIK JAMIYATI
“CHIRCHIQ TRANSFORMATOR ZAVODI” AKTSIYADORLIK JAMIYATI —elektrotexnika sanoatining yirik korxonasi. Turli tipdagi elektr kuch transformatorlari, elektr tokini taqsimlash qurilmalari, yirik (10,35, 110 kv kuchlanish va quvvati 25 dan 6300 kva gacha bo’lgan) kuch transformatorlari va komplektli transformator kichik stantsiyalari ishlab chikaradi. “O’zeltexsanoat” uyushmasiga qaraydi. 3D 1942 yil 12 aprelda Leningraddan evakuatsiya qilingan “Elektropult” zavodi negizida tashkil etilgan va “Elektrotshit” deb yuritilgan. 1962 yildan Chirchiq transformator zavodi deb nomlandi. Dastlab korxonada elektr shitlari ishlab chiqarilgan, elektr motorlari va boshqa elektr jihozlarini ta’mirlash, sozlash, ishga tushirish kabi ishlar bajarilgan. 1945 yildan kuch transformatorlari, 1947 yildan payvandlash apparatlari ishlab chiqarish o’zlashtirildi. 1949 yildan Ko’chma transport kichik stantsiyalari, 1952 yildan 6 kv li komplektli taqsimlash qurilmalari, 1961 yildan TMZ1000 kuch transformatori bilan ishlaydigan yangi tipdagi komplektli transformator kichik stantsiyalari ishlab chikarila boshladi. 60— 80-yillarda korxona bir necha marta rekonstruktsiya qilindi. 1966 yilda korxona binosining 1-navbati, 1970 yilda 2navbati foydalanishga topshirildi. 1994 yildan korxona ochiq aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. O’zbekiston energetika tizimini transformator kichik stantsiyalari bilan ta’minlab kelmoqda. 2003 yilda 716 dona kuch transformatorlari ishlab chiqarildi (2001 yilga nisbatan 4,9 marta ko’p). Mahsulotlari chet ellarga eksport qilinadi.