CHIROQCHI
CHIROQCHI — Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi shahar (1980 yildan), tuman markazi. Chiroqchi nomi chiroq yasovchi hunarmandlar kasbi bilan bog’liq. Ch.dan viloyat markazi (Qarshi shahri) gacha 83 kilometr, yaqin temir yo’l stantsiyasi — Yakkabog’ (12 kilometr). Aholisi 17,5 ming kishi (2003). Aholisi va xo’jaliklari Qashqadaryodan suv oladi. Paxta tozalash, g’isht zavodlari, MTP, avtokorxona, qurilish tashki lotlari, bosmaxona, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, umumiy ta’lim maktabi, bolalar musiqa maktabi, kasb-hunar kolleji, kutubxona, madaniyat uyi, Markaziy kasalxona, poliklinika, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar bor.