CHIZIQLI FUNKTSIYA

CHIZIQLI FUNKTSIYA u=kx + b formula bilan aniqlanadigan funktsiya, bunda k, b — haqiqiy sonlar. Xossalari: 1) barcha haqiqiy x sonlar uchun aniqlangan; 2) haqiqiy qiymatlarni qabul qiladi; 3) k > 0 da o’suvchi; 4) Chiziqli funktsiyaning orttirmasi argument x orttirmasiga proportsional. Chiziqli funktsiyaning grafigi — to’g’ri chiziqdir. Bu to’g’ri chiziq bilan Ox o’qi orasidagi burchak a ning tangensi k ga teng: k = tga. k son Chiziqli funktsiya grafigining Ox o’qiga og’ishini ifodalaydi. b parametr Chiziqli funktsiya grafigi Ou o’qdan ajratgan kesmaning uzunligiga teng.