Chok deformatsiyaga qarshi

Chok deformatsiyaga qarshi – konstruksiyalar, materiallarning kirishishi, tayanchlar cho’kishi yoki inshoot ayrim qismlarining siljishi, harorat yoki boshqa ta’sirlarning bin ova inshoot konstruksiyalarining kuchlangan holatiga ko’rsatadigan ta’sirini kamaytirish maqsadida binolar, inshootlar va konstruksiyalarni alohida qismlar hamda elementlarga bo’lish uchun xizmat qiluvchi chok. Deformatsiyaga qarshi choklar harorat ta’siriga, kirishish va cho’kishga qarshi choklarga bo’linadi; harorat ta’siriga va kirishishga qarshi choklarni odatda bitta qilib, ya’ni qo’shilgan holatda bajariladi.

Leave a Reply