Choksiz quyma pol

Choksiz quyma pol – pollarning quyma qoplamalari bo’lib, ular oldindan tayyorlangan asos yoki tekislovchi qatlam bo’ylab qo’zg’aluvchan polimerli tarkiblardan tayyorlanadi. Choksiz quyma pollar quyidagilar: klassik quyma polimerli pollar (ular poliuretanli va epoksidli bo’ladi); choksiz yupqa pollar-polimer va shimdirish asosidagi bo’yaladigan pollar; polimer-betonli choksiz pollar-marmar, kvarts, dolomit va shu kabi boshqa to’ldirgichlarga ega bo’lgan polimerli pollar.