Cholg’u asboblari musiqasi qachon vujudga kelgan?

Cholg’u asboblari musiqasi — musiqa asboblari bilan chalish uchun mo’ljallangan musiqa — XVII asrda paydo bo’ldi. Siz shunday deb so’rashga haqlisiz: shoyad, hamma musiqa ham musiqa asboblari bilan ijro etilmaydimi? To’g’ri: hammasi. Gap shundaki, musiqa asboblari qo’shiqlar, raqslar, tantanali qabullar, teatr tomoshalariga jo’r bo’lishi — bir narsa, ularning o’z-o’zicha, mustaqil dasta yoki orkestrda yolg’iz jaranglashi boshqa bir narsadir. Oxirida aytganimiz aynan cholg’u asboblari musiqasi bo’lib, har xil musiqa asboblarining serobligiga qaramasdan, u o’rta asrlarda vujudga kelmagan edi. Ha, o’rta asrlarni vokal musiqa davri deb hisoblash odat tusini olgan. Hamma qo’shiq kuylashni sevardi. Bizga qadar yetib kelgan esdaliklarga ko’ra, klavesinga ega bo’lmagan va operalardan ariyalar yoki ommaviy qo’shiqlar jaranglamagan biron-bir zodagon xonadoni topilmasdi. Musiqa tarixchilari ilk cholg’u asboblari asarlari o’sha zamonlarda rusum bo’lgan raqslar va qo’shiqlarga naziradan iborat bo’lgan deb taxmin qilishadi. Raqslar esa oshib toshgandi. Allemanda, kuranta, pavana XVII asrda eng ommaviylaridan edi. Ularda yangi cholg’u asboblari janri — dongdor fransuz siyutasining asosiga aylandi. O’sha kezlarda G’arbiy Yevropa mamlakatlarida organ uchun bastalangan musiqa keng tarqaldi. Ajoyib artistlar — uning ijrochilari bo’lishdi. Keyin esa nomlari bizga yaxshi tanish cholg’u asboblari pyesalari paydo bo’ldi: Sarahbor, Sonata, fuga, tokkata… Cholg’u asboblari musiqasi shu yo’sin dunyoga keldi.