CHOR MINOR

CHOR MINOR (forscha — to’rt minora) — Buxorodagi me’moriy yodgorlik (1807). Xalfa Niyozqul qurdirgan. Chor minor an’anaviy usulda qurilgan masjid, bir qavatli madrasa, atrofi bir kavatli xujralar bilan o’ralgan hovlidan iborat. Sinchli peshayvon tipidagi masjid hovlining Janubiyg’arbiy burchagida joylashgan. Madrasaga 2 qavatli, gumbaz tomli darvozaxona orqali kiriladi. Murabba tarxli darvozaxona o’ziga xos mujassamot echimiga ega: oldi peshtoqli, to’rt burchagida to’rtta minora joylashgan (nomi ham shundan), minoralarning tepa qismi gumbaz shaklida yakunlangan bo’lib, ular sirkori koshinlar bilan bezatilgan. 2 qavatli xonaning 1-qavati miyonsaroy ko’rinishida bo’lib, izoralari toshlar bilan qoplangan, tomi gumbazli, 2-qavati kutubxona, kutubxonaning shifti pastak gumbazli bo’lib, soda muqarnaslar halqasi bilan to’ldirilgan. 2-qavatga minoralarning biridagi zina orqali chiqiladi.