CHOSON

CHOSON (aynan — tonggi go’zallik) — Koreya tarixidagi ilk davlat (miloddan avvalgi taxminan 1-ming yillik). Dastlab Choson — qabila yoki qabila Ittifoqi tomonidan barpo etilgan. Miloddan avvalgi 1-asr oxirida Choson Xitoydagi Xan’sulolasi tomonidan bosib olingan. Xitoy bosqinchilariga qarshi kurash jarayonida, milodning boshlarida Koguryo, Pekche va sila kabi ilk o’rta asr mahalliy davlatlari shakllangan. Choson koreys davlatining nomi sifatida Li sulolasi qaror topishi bilan (1392) vujudga kelgan va 1897 yil Koreyani Texan imperiyasi deb qayta nomlanishiga qadar saqlanib qolgan. KXDR barpo etilishi bilan “Choson” atamasi respublikaning rasmiy nomi tarkibiga kirgan (Choson mindjudjuiy inmin konxvaguk).