Chubushnik yoki soxta jasmin nimani anglatishini bilasizmi
Chubushnik yoki soxta jasmin nimani anglatishini bilasizmi – bu turkum o’simliklarning gullari juda chiroyli, yirik, xushbo’y. Barglari doira shaklida joylashadi, cheti oddiy tishchali. Gullari shingilcha hosil qiladi, oq rangda. Mevasi yorilib ketadigan quruq ko’sakdan iborat, ichida urug’i ko’p bo’’ladi. Bu buta parklarga ekiladi. Har qanday noqulay sharoitda ham o’sa oladi. U qishki va yozgi qalamchalaridan ko’payadi. Turkumning 40 ga yaqin turi va 20 dan ortiq shakllari bor. Ular ichida eng ko’p tarqalgani oddiy chubushnik hisoblanadi. U Kichik Osiyoda va Kavkazda yovvoyi holda o’sadi. Uning barcha tur va shakllari respublika sharoitida yaxshi o’sadi. Turli kasalliklarga va hasharotlar ta’siriga chidamli. Ular nihoyatda xushmanzara buta bo’lgani uchun ko’kalamzorlashtirish maqsadida ekish tavsiya etilgan.


