Chufa, Yer bodom nimani anglatishini bilasizmi

Chufa, Yer bodom nimani anglatishini bilasizmi – hilodoshlar oilasiga mansub, bo’yi 50-100 santimetr keladigan, ko’p yillik o’tsimon o’simlik. Bir yillik o’simlik sifatida ekiladi. Kam gullaydi, gullari mayda va ikki jinsli bo’ladi. Ildizpoyalarining uchi tugunaksimon, yo’g’onlashgan bo’ladi. Chuga yovvoyi holda Yevropaning janubiy qismidagi sernam qumloq yerlarda, Kichik Osiyo va Shimoliy Afrikada, Yevropaning janubida, Afrikaning shimol va janubida, Janubiy Amerikada uchraydi. Ochiq havoda quritilgan chufa tugunagida 17-27% gacha moy, 12-28% gacha shaker, 20-25% gacha kraxmal bo’ladi. Uning tugunagidan ovqatga ishlatiladigan, qurib qolmaydigan yog’ olinadi; yog’’i parfyumeriya, meditsina va texnika maqsadlarida ham ishlatiladi. Chuga tugunagidan kraxmal tayyorlashda, qand, spirt va boshqa konditer mahsulotlari olishda foydalaniladi. Barglaridan qog’oz va arqonlar qilinadi. Chuga gektaridan 2-4 tonna quritilmagan tugunak hosili beradi.

Leave a Reply