CHUKCHALAR
CHUKCHALAR (o’zlarini luoravetlan — “haqiqiy inson” deb atashadi) — Rossiya Federatsiyasining Chukotka (taxminan 12 ming kishi) va Koryak (1,5 ming kishi) Muxtor okruglarida yashovchi xalq. Rossiya Federatsiyasida jami — 15,1 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Chukcha (chukot) tilida so’zlashadi. Dindorlari — pravoslavlar, an’anaviy e’tiqodlar saqlangan. Asosiy mashg’ulotlari — ko’chmanchi bug’uchilik, dengiz hayvonlarini ovlash.