CHUKOVSKIY KORNEY IVANOVICH

CHUKOVSKIY KORNEY IVANOVICH (taxallusi; asl ism-sharifi Korneychukov Nikolay Vasilevich) [1882.19(31).3, Peterburg — 1969.28.10, Kuntsevo, Moskva viloyati] — rus yozuvchisi, bolalar shoiri, tarjimon va adabiyotshunos. Ijodining asosiy qismini bolalarga bag’ishlangan asarlar tashkil etadi. Chukovskiyning “Vanya va Timsoh”, “Tozalabyuv” (“Moydodir”), “Suvarakboy” (1923), “Pashshaserxarxasha” (1924), “Barmaley” (1925), “Voyjonimning sarguzashtlari” (1929) va boshqalar she’riy ertaklari mashhur. Mazkur asarlar asosida ko’plab ertakspektakllar, multfilmlar yaratilgan. Chukovskiy uzoq yillar davomida yoqimtoy bolalar tilini kuzatib, “Ikkidan beshgacha” kitobini yozdi (1928-70). U tarjimashunoslik, adabiyotshunoslik sohasidagi asarlari bilan ham tanilgan. 2-jahon urushi yillarida Toshkentda yashagan. Asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan. As: Sobraniye sochineniy, t. 1-6, M., 1965— 69; Moydodir, T., 1954. Li.: Petrovskiy M.S., Knigaokornee Chukovskom, M., 1966; Vospominaniya o Kornee Chukovskom, 2izd., M., 1983.