Chumiza, Xitoy qo’nog’i nimani anglatishini bilasizmi
Chumiza, Xitoy qo’nog’i nimani anglatishini bilasizmi – boshoqlar oilasiga mansub bir yillik madaniy o’simlik. Chumiza yorma va un kabi qimmatli oziq-ovqat hamda yem-xashak olish uchun ekiladi. Poyalari serbarg bo’lib, bo’yi 50 sm dan 2 m gacha boradi. Chumiza Koreya, Yaponiya, Hindiston, Ispaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda keng tarqalgan. Qurg’oqchilikka chidamli, yotib qolmaydigan, issiqsevar bo’lib, yuqori haroratga bardosh beradi, shuningdek sovuqdan ham qo’rqmaydi. O’sish (vegetatsiya) davri 70-80 kundan 120-140 kungacha davom etadi. Gektaridan 200 s gacha ko’kpoya, 40 s gacha don berdi. Chumiza tuproqni kam quritadi, shuning uchun u chopiqtalab ekilar oldidan ekilsa, yaxshi natija beradi.


