CHUVASHLAR
CHUVASHLAR (o’zlarini chavash deb ataydilar) — xalq, Chuvashiyaning asosiy aholisi (907,6 ming kishi), shuningdek, Boshqirdiston, Tatariston, Ulyanovsk va samara viloyatlari (Rossiya Federatsiysi) va boshqa yerlarda yashaydi. Rossiya Federatsiyasida jami — 1773,6 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Chuvash tilida so’zlashadi. Dindorlari — pravoslavlar. Chuvashlar dehqonchilik, hunarmandchilik va asalarichilik bilan shug’ullanadi.