DAFNIYALAR

DAFNIYALAR, suv burgalari (Daphnia) — bargoyoйlilar (ba’zi manbalarga binoan shoxdormo’ylovlilar) turkumiga mansub qisqichbaqasimonlar urug’i. Tanasining uzunligi 1-3 millimetr. Tanasi orqa va yon tomonidan shaffof ikki tavaqali chig’anoq bilan qoplangan, boshining old tomoni o’rdakning tumshug’iga o’xshab ketadi. Boshida ikkitadan yirik fasetkasi va oddiy ko’zi bor. Anennulalari mayda, kuchsiz. Antennalari ikki shoxli bo’lib, asosiy hara-kat organi hisoblanadi. Dafniyalar ob-havo qulay sharoitda partenogenez xususiyatiga ega. Bir necha o’n turi qutbdan tashqari hamma yerda uchraydi. Dafniyalar chuchuk suv havzalarida baliqlarning asosiy ozig’i, ayrim parazit chuvalchanglar uchun esa oraliq xo’jayin hisoblanadi.