DAGER (DAGUERRE) LUI JAK MANDE

DAGER (DAGUERRE) LUI JAK MANDE (1787.18.11, Kormeyzan-Parizi, Sena va Uaza — 1851.10.7, Brisyur-Marn) — frantsuz rassomi va ixtirochisi, fotografiya ixtirochilaridan biri. Birinchi dioramett yaratgan (1822). J. N. Neps tajribalaridan foydalanib birinchi bo’lib yorug’lik sezgir modda sifatida kumush iodidini qo’llab o’chib ketmaydigan tasvirlarni olish usuli — dagerotipiyani ishlab chiqqan (1839).