D’ALAMBER PRINTSIPI
D’ALAMBER PRINTSIPI – dinamikaning asosiy printsiplaridan biri. D’Alamber printsipiga asosan, moddiy sistema nuqtalariga qo’yilgan faol kuch ikki kuch yig’indisidan, ya’ni moddiy sistema nuqtalariga tezlanish beruvchi va aks ta’sir etuvchi kuch b-n muvozanatdagi kuchlar yig’indisidan iborat bo’ladi. Faol kuch, aks ta’sir etuvchi kuch va shu kuchlar vujudga keltirgan inersiya kuchlarining qo’shilishidan iborat kuchlar sistemasi har doim muvozanatda bo’ladi. Bunday sistemalarga statikaning hamma tenglamalarini tatbiq qilish mumkin. D’Alamber printsipi kinetostatikaning asosi bo’lib, dinamika masalalarini statika usullari bilan yechish yo’llarini ko’rsatadi.