DALAY-LAMA

DALAY-LAMA [mo’g’ulcha Dalay — so’ngsiz (donolik) va Lama] — Tibetdagi lamaizm ruhoniylari boshlig’ining unvoni. 1391 yilda joriy etilgan. Birinchi Dalay-lama, rivoyatga ko’ra, 1351 yilda tug’ilgan. Lamaizmda Dalay-lama tirik Xudo sifatida dindorlar orasida katta e’tiborga ega. U o’lganda oliy lamalardan tuzilgan maxsus komissiya yangi tug’ilgan tibetlik chaqaloqlar orasidan Dalay-lamaning ilohiy mohiyati mujassam bo’lgan go’dakni qidirib topadi. U monastirga joylanib, maxsus tarbiyalanadi. Hozirgi— 14- Dalay-lama Ten-zin Gyatso.