DALAYNOR

DALAYNOR, Xulunchi — Xitoyning shimoli-sharqidagi ko’l, ichki Mongoliyaning shimolda. Maydoni 1100 kilometr kvadrat. Chuqurligi 6-9 metr, suv sathining balandligi 539 metr. Ko’lga quyiladigan suvning mikdoriga qarab, uning maydoni o’zgarib turadi. Dalaynorga Kerulen va Orchun-gol daryolari quyiladi. Dalaynor suvining sathi ko’tarilgan vaqtlarda suv loyqa nomli irmoqdan oqib chiqib Argun daryosiga quyiladi. Dalaynorning qirg’oqlari past, yassi, suvi chuchuk, baliq ko’p.