DALEN (DALEN) NILS GUSTAV

DALEN (DALEN) NILS GUSTAV (1869.30.11, Stenstorp — 1937.9.12, Stokgolm) — shved ixtirochi muhandisi. Syurixdagi Politexnika institutini tamomlagan. Gaz turbinasi va boshqa mashinalar qurilmalarini takomillashtirgan. Mayoqlardagi alangani qorong’ida avtomatik yoqish va tong yorishgan paytda o’chirish qurilmasini ixtiro qilgan. Nobel mukofoti laureati (1912).