“DALOIL UL-XAYROT”

“DALOIL UL-XAYROT” (“Yaxshi amallarga hujjat”) — daloilxonada O’qilgan asosiy kitob. 15-asrda musulmon aqoidshunosi Muhammad ibn Jazuliy (?-1466) Arab tilida yozgan. Muhammad (sav)ga atab o’qiladigan salovat va madhiyalardan iborat. 7 qismga bo’lingan bo’lib, har bir qism haftaning ma’lum kunida o’qishga mo’ljallangan. Kitobda musulmonlarga tavsiya etilgan kundalik salovat aytish uslublari ko’rsatib berilgani uchun dindorlar undan muntazam foydalanadilar. Uning sharhlari va turkiy tilga qilingan tarjimalari ham mavjud.