DANLAR

DANLAR, daniyaliklar (o’zlarini danskere deb ataydilar) — xalq. Daniyaning asosiy aholisi (5 million kishiga yaqin). Shuningdek, Shvetsiya, Norvegiya, Germaniya, AQSh, Kanada va boshqa mamlakatlarda yashaydilar. Umumiy soni 5,6 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Yevropeoid irqiga mansub. Dan tilida so’zlashadi. Dindorlari, asosan, lyute-ranlar, protestantlar, katoliklar ham bor. Qadimda Daniyaning hozirgi hududida german qabilalari (kimvrlar, yutlar, angllar, sakslar) joylashgan; 5-6-asrlarda Jan. Shvetsiyadan german qabilalaridan bo’lgan danlar bostirib kirgan. 6-8-asrlarda bu qabilalarda ibtidoiy tuzum parchalanish jarayoni sodir bo’lgan; 10— 11-a.srlarda ulardan yagona dan elati vujudga kelgan; ilk davlat tuzilgan. 19-asrda dan millati shakllangan. An’anaviy mashg’ulotlari — dehqonchilik va chorvachilik, shuningdek, hunarmandchilikning temirchilik, zargarlik, kulolchilik, yog’och o’ymakorligi, kashtachilik, gilam to’qish va boshqa turlari ham rivojlangan.