DANUNIYLAR

DANUNIYLAR, danuna – Misr va Suriya hududiga miloddan avvalgi 13-12-asrlarda kirib kelgan “dengiz xalqlari” dan biri, danaylar bilan aynan deb hisoblanadi. Misrdan 12-asrda surib chiqarilgan. Danuniylar Kichik Osiyoning Janubi- sharqida va Kipr orolida joylashganlar. Miloddan avvalgi 9-asrda Sharqiy Kilikiyada Danuniylar davlati bo’lgan. Turkiyadagi Qoratepa tog’idan (Jayhon daryosi bo’yida) 1946 yilda Danuniylar podshohi — Azitavaddning bitik toshi topilgan.