DANUNIYLAR DAVLATI

DANUNIYLAR DAVLATI – kichik Osiyoning Janubi-sharqidagi Adan vodiysida joylashgan qadimgi davlat (miloddan avvalgi 1-ming yillikning boshlari). Danuniylar Davlati markazi Qoratepa tog’i atrofida bo’lgan. Danuniylar Davlatining eng gullagan davri — Azitavadd podsholik qilgan yillar (miloddan avvalgi 9-asrning 2-yarmi) ga to’g’ri keladi. Miloddan avvalgi 8-asr oxirlarida Ossuriya podshosi Sargon II Adan viloyatini o’ziga bo’ysundirgan. Danuniylar Davlatida Xett va Finikiya madaniyati va yozuvlari ustuvor bo’lgan.