DAO

DAO (xitoycha “Dao” — qonun, yo’l) — qadimgi Xitoy falsafasining muhim tushunchalaridan biri. Dastlab “yo’l”, “tariqat” ma’nosini, keyinchalik falsafada tabiatning “yullari”ni, uning qonuniyatlarini bildirgan. Daosizmning asosiy tushunchasi. Koinotning bosh sababchisi, uning sirli qonuniyati; aql bilan bilib, so’z bilan ifodalab bo’lmaydigan, lekin qamma narsada mavjud bo’lgan hayotiy butunlik. Dao — hamma narsaning asosi. Dunyo — Daoning “gavdalanishi”dir.