Daosizm
Daosizm (xitoycha)-1) qadimgi xitoy falsafasining bosh yo’nalishlaridan biri, asosiy g’oyalari “Lao-tsi” (qadimgi nomi “Dao de tzin”) va “Chjuan-tzi” traktatlarida bayon etilgan. Miloddan avvalgi IV-III asrlarda yuzaga kelgan deb taxmin qilinadi; 2) Xitoyda keng tarqalgan uch dindan biri (konfutsianlik va buddizm qatori). Miloddan avvalgi II asrda shakllangan.