DARBAND DEVORLARI

DARBAND DEVORLARI – Darband shahri (Dog’iston Respublikasi) va qal’asini o’rab olgan 2 qadimgi tosh devor xarobasi. Devorlaridagi paxlaviy yozuvlariga ko’ra, milodiy 567 yilda bino etilgan. Janub tomondagi devordan 4 darvozasi va 3 burji bo’lgan kichik bir qiyom saqlanib qolgan. Shimol tomondagi devor esa 3 darvozasi va 30 burji bilan qariyb to’la saqlangan. Devorlarning uzunligi 40 kilometrdan ortiqroq, o’rtacha balandligi 6,5 metr bo’lgan. Darband devorlari G’arb tomondan Norinqal’a istehkomiga borib ulanadi.