DARBANDIYA

DARBANDIYA, Darbandi — shimoliy Ozarbayjondagi tarixiy viloyat. Shirvon hukmdorlari sulolasi (1382— 1538). Sulola asoschisi — Ibrohim I, uning ajdodlari Darband shahrining hokimlari bo’lgan (sulola nomi shundan olingan). Ibrohimning vorislari — Shirvonshohlardan Xalil (Xalilulloh) 1 (1417-62) va Farrux-yosor (1462-1501) davrida Shirvon o’z mustaqilligini saqlab qolgan. Safaviylar davlatining kuchayishi oqibatida Shirvonshoh Shayxshoh (1502-24) 1519 yilda o’zini safaviylarga vassal ekanligini tan olgan. 1538 yil Eron shohi Taxmasp 1 qo’shinlari Shirvonni egallab, Shirvonshoh Shoxruxni tutib, qatl etgan. Shirvon hukmdori etib Taxmaspning ukasi alkas Mirzo tayinlangan.