Darg’om kanali, arig’i haqida eshitganmisiz?
Darg’om kanali, arig’i haqida eshitganmisiz? – Zarafshon daryosidan chiqadigan qadimiy kanal, ariq. Tarixiy manbalar ariqning eramizdan avvalgi V-IV asrlarga qazilganidan xabar berdi. Klavdiy Ptolemey tuzgan kartada (II asr) bu ariq nomi Dargomoniy shaklida tilga olinadi. Toponimning birinchi komponenti darg “uzun” demak, ikkinchi qismi – om esa – ob ning o’zgargan shaklidir. Chunki “b” va “m” tovushlarining almashish hodisasi uchrab turdi. Binobarin, Darg’om yoki Darg’ob “uzun yoki katta suv” demakdir.


