DARVESH MUHAMMAD IBN DO’STMUHAMMAD BUXORIY

DARVESH MUHAMMAD IBN DO’STMUHAMMAD BUXORIY (16-asr) — xattot, husnixat nazariyotchisi. Fors tilida bitgan “Favoyid ul-xututi” (“Xatlar foydalari”) risolasining 4 nusxasi O’zFAShI jamg’armasida (inv. № 2617, 2606, 2383, 9038) saqlanadi. Asar 2 qismdan iborat bo’lib, 1-qismida yozuvning paydo bo’lishi, xat usuli yaratuvchilarining tarjimai holi, Arab yozuvining 14 xil usuli va ularning kelib chiqishi, atamalar va ularning etimologiyasi haqida ma’lumot berilgan; 2-qismida xat turlaridan suls, tavqe, Rayhon, nasx, riqo, g’ubor va boshqa usullarining tavsifi va yozilish qoidalari bayon qilingan hamda har bir harfning yozilish qoidalari tushuntirilgan. Mazkur risola Markaziy Osiyoda yaratilgan husnixat san’ati haqidagi eng muhim qadimgi asarlardan.