Darxon, Tarxon
Darxon, Tarxon (mo’g’ulcha temirchi, kosib, ozod kishi)-Chingizxon va uning vorislari tomonidan hukmron sinf vakillariga, oddiy xalq orasidan chiqib, hokimlarga alohida xizmat ko’rsatgan kishilarga berilan unvon. Darxonlik imtiyoziga ega kishi har qanday soliq va majburiyatlardan ozod qilingan, ulug’ xon huzurida bo’lish huquqidan ham foydalangan. Bundan tashqari, Darxonlar jinoyat qilib qo’yganda ham bunday jinoyat 9 marta sodir bo’lguncha javobgarlikka tortilmagan. Darxonlik mo’g’ullar, temuriylar hamda shayboniylar davrida Movarounnahr va Yaqin Sharqda keng tarqalgan.