Dastlabki davlatlar
Miloddan avvalgi VII-VI asrlar – O’rta Osiyo hududida saklar, sug’diylar, baqtriyaliklar, parfiyaliklar, xorazmliklarning joylashuvi.
Miloddan avvalgi VII asr – Qadimgi Xorazm va Baqtriya davlatlari tashkil topdi.
Miloddan avvalgi VII-VI asrlar – Dastlabki davlat birlashmalari (Sug’diyona, Baqtriya, Xorazm). Dastlabki shaharlarning vujudga kelishi [Afrosiyob (Smarakansa), Buxoro, Uzunqir, Yerqo’rg’on, Ko’ktepa, Qiziltepa, Ko’zaliqir]. O’rta Osiyoda zardushtiylik dinining tarqalishi va Avesto kitobiga tartib berilishi.
Miloddan avvalgi VI asr – Ko’chmanchi sak-massagetlar siyosiy ittifoqining tashkil topishi.
Miloddan avvalgi VI-V asrlar – Xorazmiylar mamlakati (“Katta Xorazm”) haqida dastlabki ma’lumot (yunon muallifi miletlik Gekatey).
Miloddan avvalgi 558-330-yillar – Qadimgi Sharqda Axomaniylar hukmronligi davri.
Miloddan avvalgi 558-530-yillar – Qadimgi Eron davlati podshosi Kir II hukmronlik yillari.
Miloddan avvalgi 545-30-yillar – O’rta Osiyoda Axomaniylar hukmronligi.
Miloddan avvalgi 545-540-yillar – Kir II tomonidan Marg’iyona, Baqtriya va Parfiyaning bosib olinishi.
Miloddan avvalgi 530-yil – Massagetlar malikasi To’marisning Turonga bostirib kirgan Axomaniylar podshosi Kir II ga qarshi kurashi va g’alaba qozonishi (yunon tarixchisi Gerodot ma’lumoti).
Miloddan avvalgi 522-yil 10 dekabr – Axomaniylarga qarshi Frada boshchiligida Marg’iyonada ko’tarilgan qo’zg’olonning bostirilishi.
Miloddan avvalgi 519-yil – Doro I ning saklar ustiga yurishi, Shiroq jasorati, Bihistun qoya yozuvlarida saklar, sug’diylar, baqtriyaliklar, xorazmiylar haqida yozma ma’lumotlar.
Miloddan avvalgi 494-493-yillar – Tigraxauda (cho’qqi qalpoqi) saklarining Doroga qarshi kurashi.
Miloddan avvalgi 490-yil – O’rta Osiyo elatlari ishtirokida yunonlar bilan axomaniylar o’rtasida Marafon jangi bo’lib o’tdi.
Miloddan avvalgi V-IV asrlar – O’rta Osiyo hududida dastlabki tanglarning tarqalishi.
Miloddan avvalgi V-IV asrlar – Buxoroga asos solingan.
Miloddan avvalgi IV-II asrlar-milodiy VIII asr – Qadimgi Samarqand (Marokanda) va uning atrofidagi qishloqlarni o’ragan mudofaa devori – “Devori Qiyomat” qurilgan.
Miloddan avvalgi 329-yil – Aleksandr Makedonskiy (Makedoniyalik Iskandar)ning O’rta Osiyoga bostirib kirishi.
Miloddan avvalgi 329-328-yillar – O’rta Osiyo xalqlarining Spitamen boshchiligida Aleksandrga qarshi kurashi.
Miloddan avvalgi 328-yil – Xorazm shohi Farasmanning Aleksandr huzuriga ittifoqchilik taklifi bilan kelishi; Yaksart daryosi (Sirdaryo) bo’yidagi jang (O’rta Osiyo xalqlarining Aleksandrga qarshi olib borgan janglaridan biri); Spitamenning o’limi.
Miloddan avvalgi 327-yil – Makedoniyalik Iskandarning “Sug’d qal’asi”ni egallashi. Sug’d zodagoni Oksiartning qizi Ravshanakka uylanishi.
Miloddan avvalgi 327-yil yozi – Aleksandr Amudaryoni kechib o’tib, Hindistonga yurishni boshlagan.
Miloddan avvalgi 325-yil – Aleksandr Hindistonda vafot etgani haqidagi soxta xabar tufayli yunon-makedon jangchilari va mahalliy Baqtriyada qo’zg’olon ko’tarilishi.
Miloddan avvalgi 323-yil – Aleksandrning vafot etgani haqidagi huquqiy xabarlarning O’rta Osiyoga yetib kelishi. Sug’d va Baqtriyaga joylashtirilgan 20 ming piyoda va 3 ming otliq yunon-makedon jangchisi isyoni va uni lashkarboshisi Perdikka tomonidan bostirilishi; Aleksandrning o’limi va imperiyaning parchalanib ketishi.
Miloddan avvalgi 321-yil – Baqtriya va Sug’diyonani bir hokimlikka birlashtirilishi.
Miloddan avvalgi 315-yil – Aleksandr tomonidan tayinlangan mahalliy satraplar yunon-makedon satraplari bilan almashtirilgan.
Miloddan avvalgi 312-yil – Aleksandrning iqtidorli sarkardalaridan biri Salavkga Bobil berilgan. U o’z davlati chegarasini Sirdaryo va Hind daryosiga qadar kengaytirishga erishgan.
Miloddan avvalgi 312-yil oktabr – Bobilni Salavk I Nikator tomonidan bosib olinishi bilan Salavkiylar davlati hukmronligi boshlangan.
Miloddan avvalgi 312-250-yillar – O’rta Osiyoda Salavkiylar hukmronligi.
Miloddan avvalgi taxminan 300-yil – Salavkiylar Salavk I va Antiox I ning sarkardasi Demodamning Sirdaryo ortidagi yerlarga yurishi (Demodam yurishi).
Miloddan avvalgi 293-yil – Marg’iyona, Baqtriya va Sug’diyonaning Salavk I tomonidan o’g’li Antiox I Soter ixtiyoriga berilishi. O’rta Osiyo hududida Antioxiya nomli shaharlarning barpo etila boshlanishi.
Miloddan avvalgi taxminan 250-yil – Parfiya davlatining vujudga kelishi.
Miloddan avvalgi III asr o’rtalari – Salavkiylar davlatining qulashi.
Miloddan avvalgi III asr o’rtalari – Yunon-Baqtriya davlatining tashkil topishi.
Miloddan avvalgi 250-140-yillar – Yunon-Baqtriya davlati.
Miloddan avvalgi III-milodiy V asr o’rtalari – Sirdaryoning o’rta havzasida mavjud bo’lgan Qang’ (Kanguy) davlati.
Miloddan avvalgi 199-167-yillar – Demetriy I ning hukmronlik yillari (Yunon-Baqtriya davlati).
Miloddan avvalgi 165-yil – Yuyechjilarning hunlar tomonidan tor-mor qilinishi; yuyechji qabilalarining Farg’ona, Sirdaryo bo’yi orqali o’tib Sug’dni egallashi va Baqtriya hujumi.
Miloddan avvalgi 140-135-yillar – Sak va yuyechji qabilalari tomonidan Yunon-Baqtriya podsholigining tugatilishi.
Miloddan avvalgi II asr-milodiy III asr – Farg’ona vodiysidagi Davan (Da-yuan) davlati.
Miloddan avvalgi 138-125-yillar – Xitoylik diplomat va sayyoh Chjan Szyanning Sharqiy Turkiston va O’rta Osiyoga sayohati. Chjan Szyan Davan, Qang’ davlatlariga kelib Xitoy bilan rasmiy aloqalar boshlangan.
Miloddan avvalgi II asr – Buyuk Ipak yo’lining tashkil topishi.
Miloddan avvalgi 104-101-yillar – Davan davlatining Xitoy istilosidan himoyalanishi.
Miloddan avvalgi 101-yil – Davan poytaxti Ershi mudofaasi.
Miloddan avvalgi I asr – Talli Barzudan qadimgi sug’d yozuvining topilishi.
Milodiy I-III asrlar – Kushon podsholigi davri.
Milodiy 78-123-yillar – Kushon podsholigi hukmdori. Kanishka I davri. Kushon-Baqtriya tilini davlat tili sifatida qabul qilinishi. Buddizmning yangi mazhabi-mahayananing rasmiylashtirilishi. Poytaxtning Peshovar shahriga ko’chirilishi.
Milodiy 99-yil – Kushon elchisining Rimga kelishi.
Milodiy II-IV asrlar – Hun qabilalarining Orol bo’ylariga kelishi.
Milodiy 224-yil – Parfiya davlatining parchalanishi.
305-yil – Xorazmning Qang’ davlatidan ajralishi; Xorazmda Afrig’iylar davlatining vujudga kelishi (asoschisi shoh Afrig’i); poytaxtning Tuproqqal’adan Katga ko’chirilishi.
305-995-yillar – Xorazmda afrig’iylar sulolasining hukmronlik davri.
353-yil – Xioniylarning Sug’d viloyatiga kirib kelishi. Ularni ilk bor tarixiy manbalarda qayd etilishi (Ammian Marsellin ma’lumoti).
Taxminan 370-yillar – O’rta Osiyoda xioniylar hukmronligining o’rnatilishi.
421-438-yillar – Sosoniylar shohi Bahrom Go’r (Varaxran V) ning xioniylarga qarshi kurashi.
Taxminan 420-yillar – Toxarlarning Amudaryo havzasiga kirib kelishi.
420-456-yillar – Kidariylar davlati.
Taxminan 430-yillar – Sosoniylar shohi Bahrom Go’r (Varaxran)ning Marv atrofida xioniylarni yengishi.