Dastlabki rassomlar kimlar bo’lgan?
Basharti, hech kim bu savolga mutlaq ishonch bilan to’liq javob bera olmaydi. Biroq olimlarning tadqiqotlari ilk san’at asarlari tosh asridayoq — miloddan 25 000 yil avval paydo bo’lganini ko’rsatadi. O’sha zamonlarda odamlar g’orlarda yashashar va ayiqlar, bizonlar, otlar, bug’ular va mamontlarni ovlashar edi. Albatta, ov qilish o’ta xavfli edi, biroq u bilan shug’ullanish zaruratdan kelib chiqardi, chunki go’sht-et odamzotga jon saqlab qolishida yordam bergan. Qadimgi odamlar oddiy qurollardan foydalanishgan: nayza va nayzacha. Shimoliy Ispaniyadagi Altamir g’oridan, shuningdek, Fransiya janubi-sharqidagi Lasko g’oridan topilgan suvratlar aynan o’sha zamonlarga mansubdir. G’orlarning devorlari xonaki hayvonlarning bajarilishiga qaraganda serbo’yoq va nafis rasmlari bilan naqshlangan. Tasvirlanganlar orasida jon berayotgan yoki yarador bo’lgan hayvonlarning tasvirlari ko’p uchraydi. Olimlar ovchilar bunday hayvonlarni ular ustidan sohirona kuchga ega bo’lish maqsadida chizishgan deb hisoblashadi. Agar odamlar suvratda hayvonni “o’ldirish”ga muyassar bo’lishsa, ovdagi omaddan ham ko’ngil uzishmagan. Bu endilikda dinning ibtidosi, o’ziga xos “sohirona marosim” edi. Sohirona marosimning mohiyati ba’zida biror xatti-harakatni bajarish tariqasida qudratli ruhlarning madadiga erishish mumkin bo’ladi degan tasavvurga asoslangan edi. Shubhasiz, bunday rasmlarni ishlagan kishilarni endilikda rassomlar ham deb atash mumkin, chunki qaysi maqsaddaligidan qat’i nazar ularning rasmlari ayni chog’da muayyan estetik tuyg’ularni ham uyg’otar edi. G’or rassomlari g’or devorlarini turfa xil yorqin bo’yoqlar bilan chizib to’ldirishgan. Qizil tuproq (ahmar, oxra) (har turli rangdagi temir kuyindilari — och sariqdan tortib to’q qizilgacha) va marganesdan (metall modda) bo’yoq erituvchi sifatida foydalanishgan. Ular talqonlanib kukunga aylantirilar, jir, hayvon charvisiga aralashtirilar va qandaydir mo’yqalamsimon narsa bilan bo’yalar edi. Ba’zan esa kukun qilib talqonlangan va yog qorishtirilgan bo’yoqlar bilan yog’och tayoqchalarni to’ldirishar, ular esa “rangli qalamlar”ga o’xshab qolar edi. G’or ahli hayvonlar yungidan yoxud o’simliklar tolalaridan mo’yqalamlar va chiziqlarni qirib aks ettirish uchun kremniydan uchi o’tkir taroshlangan keskichlar yasashga majbur edi. Ilk sivilizasiyalardan biri Misrda vujudga keldi, o’shanda suvratlar yaratgan rassomlar ham bo’lishgan. Ko’pgina san’at asarlari fir’avnlar va boshqa muhim zotlarning ehromlari va maqbaralarini bezatir maqsadida yaratilgan edi. Maqbaralarning devoriy matosida rassomlar odamzot hayotidan olingan lavhalarni mangulikka muhrlashadi. Ular akvarel bo’yoqlar va oq bo’yoqdan foydalanivdgan. Boshqa bir qadimiy — Egey sivilizasiyasi — ham rassomchilik san’atining rivojlanishida ahamiyatga molik darajaga erishdi. Bu sivilizasiya musavvirlari erkin va nafis uslubda ijod qilishardi, ular dengiz hayoti, hayvonlar, gullar, sport o’yinlarini tasvirlashardi. Ularning rasmlari qurimagan andovaga ishlangan. Rasm chizishning bu alohida turini biz freska-devoriy rasmlar deb ataymiz. Shunday qilib, ko’rib turganingizdek, rasm solishning ildizlari insoniyat sivilizasiyasining ibtidosi ilk pallalaridan suv ichar ekan.