DASTON
DASTON (forscha-Arabcha— barmoq o’rni, bosqich, parda) — 8-9-asrlarda cholg’u sozlarining dastasida barmoq bosiladigan joy (yaardo)larning nomi. Forobiy “musiqa haqida katta kitob” asarida o’z davri musiqa amaliyotida qo’llanilgan pardalar nomini keltirgan. Masalan, Daston assabboba (ko’rsatkich barmoq pardasi), Daston vusto (o’rta barmoq pardasi), Daston binsir (Nomsiz barmoq pardasi), Daston hinsir (jimjiloq barmoq pardasi) va boshqalar. 13-14-asrlarda Daston o’rniga maqom atamasi ishlatilgan.