DATOLIT

DATOLIT (Yunoncha dateomaj — bo’laman va lithos — tosh) — mineral, orolsimon silikatlar kichik sinfiga mansub borsilikat. Kimyoviy formulasi Ca[BOH(SiO4)], tarkibida 21,8% V2O3 (borat angidrid) bor. Monoklin singoniyali; donador kristallar va zich agregatlar, oqma, radial shu’lali ajralmalar holida uchraydi. Rangi oq, och yashil, sariq, sarg’ish-yashil. Shishadek yaltiroq. Qattiqligi 5-5,5. Zichligi 3,0 g/sm3. Gidrotermal jarayonda hosil bo’ladi. O’zbekistonda Qurama tog’laridagi skarnlarda bor. Xorijda Rossiya (Shim. Ural, Primore), Tojikiston, Germaniya (Shvarsvald), Norvegiya, AQSh (Pensilvaniya shtati), Yaponiyada topilgan. Datolit bor rudalari tarkibiga kiradi.