DAUNING-STRIT

DAUNING-STRIT (Downing Street) — London markazidagi ko’cha. Dauning-stritda Buyuk Britaniya bosh vaziri qarorgohi, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi va Hamdo’stlik ishlari bo’yicha vazirlik idorasi joylashgan. Ba‘zan mamlakat hukumatini, Kabinetni nomlash uchun ham qo’llanadi.