DAVATS LARISA IOSIFOVNA

DAVATS LARISA IOSIFOVNA (1937, Tyantszin shahri, XXR hududida) — grafik rassom, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1987). Moskva rassomlik institutida ta’lim olgan (1958-64). 1964 yildan O’zbekistonda. Davatsning mahorat bilan yaratgan asarlari ko’tarilgan mavzular mazmunini aniq ochib bera olishi bilan ajralib turadi: “Qirg’iziston” turkumi (guash, 1967, 1973), “kutish” (1985), “Urushga yo’l yo’q” triptixi (1986) va boshqa oq-qora, rangli asarlari shular jumlasidan. O’zbekistan (masalan, S. Ahmad, S. Zunnunova, A. Oripov), Qirg’iziston (Ch. Aytmatov) va boshqa qardosh xalqlar, shuningdek, chet mamlakatlar (U. Uitmen, AQSh) mumtoz yozuvchilarining asarlarini badiiy bezadi. So’nggi yillarda rangtasvirda ijod qilmoqda (“Yoshlik xotiralari”, “dengiz chig’anoqlari” va boshqalar).