DAVLAT AYBLOVCHISI

DAVLAT AYBLOVCHISI – jinoyat ishi bo’yicha sudlanuvchiga qo’yilgan aybni sudda davlat nomidan qo’llab-quvvatlaydigan prokuror. Prokuror ayblovni quvvatlaganda amaldagi qonunlarning talablariga va ishning barcha holatlarini e’tiborga olishga asoslangan o’z ishonchiga amal qiladi. Davlat ayblovchisi tekshirishda ishtirok etadi. Jinoyat kodeksining normalarini qo’llash, sudlanuvchining harakatlarini tavsiflash, unga jazo turini va me’yorini tayinlash to’g’risida qamda sud hal etishi lozim bo’lgan boshqa masalalar yuzasidan o’z fikrini bayon qiladi. Prokuror sud tergovi natijalari asosida sudlanuvchiga qo’yilgan ayblovni o’zgartirish zarur, degan xulosaga kelsa, bu haqda sudga asoslantirilgan bayonot berishi shart. Sud muhokamasida qatnashgan prokuror sud tergovi ma’lumotlari sudlanuvchining aybsizligidan dalolat beradi, degan ishonchga kelsa, u ayblovdan voz kechishi va voz kechish sabablarini sudga bayon qilishi; ayblovning mazmunini o’zgartirish yoki ayblovdan voz kechish sabablari xususidagi fikrini sudga yozma ravishda takdim etishi shart. Basharti fuqarolarning huquqlarini va jamiyat manfaatlarini muhofaza etish maqsadlari talab qilsa, da’vo qo’zg’atuvchi yoki jabrlanuvchi tomonidan qo’zg’atilgan fuqaroviy da’voni quvvatlaydi. O’zbekiston Respublikasida prokurorning sud muhokamasida ishtiroki JPK va prokuratura to’g’risida O’zbekiston Respubliksi qonuni (yangi tahriri — 2001 yil 29 avgust) bilan belgilanadi.