DAVLAT BOJI

DAVLAT BOJI — davlatning maxsus vakolatli idoralari (sud, militsiya, fuqarolik holatini qayd etish byurosi, xo’jalik sudlari, notarial idoralar, sug’urta agentliklari va boshqalar) tomonidan fuqarolar, korxonalar, tashkilot va muassasalar manfaatlari yo’lida xizmat ko’rsatganlik hamda yuridik ahamiyatga molik hujjatlar (pasport, turli guvohnomalar, sertifikat, litsenziya va boshqalar) berganlik uchun undiradigan pul yig’imlari. O’zbekistonda Davlat boji stavkalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Respublikada Davlat bojini to’lash, undirish va nazorat qilish va boshqalar. 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Davlat boji to’g’risida”gi qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.