DAVLAT BOJI

DAVLAT BOJI — davlatning maxsus vakolatli idoralari (sud, militsiya, fuqarolik holatini qayd etish byurosi, xo’jalik sudlari, notarial idoralar, sug’urta agentliklari va boshqalar) tomonidan fuqarolar, korxonalar, tashkilot va muassasalar manfaatlari yo’lida xizmat ko’rsatganlik hamda yuridik ahamiyatga molik hujjatlar (pasport, turli guvohnomalar, sertifikat, litsenziya va boshqalar) berganlik uchun undiradigan pul yig’imlari.