DAVLAT BOSHQARUVI

DAVLAT BOSHQARUVI — davlat organlarining tashkillashtiruvchi, ijro etuvchi va farmoyish beruvchi faoliyati bo’lib, qonun asosida amalga oshiriladi. Bu faoliyatni davlat boshqaruv organlari amalga oshirib, ijro etish jarayonida qonunlarning va unga asoslangan hujjatlarning bajarilishini ta‘minlash uchun farmoyish berish huquqiga ega bo’ladi. Davlat boshqaruvi xalq deputatlari kengashining rahbarligi va nazorati ostida tashkil etiladi. Bu faoliyat ijtimoiy turmushning barcha tarmoqlari – xalq xo’jaligi, ijtimoiy-madaniy, ma‘muriy-siyosiy sohalarda va sohalararo tashkil etiladi hamda qonunga asoslangan bo’ladi.