DAVLAT FUNKSIYALARI

DAVLAT FUNKSIYALARI — ichki va tashqi. Ichki funksiyalariga: iqtisodiy; ijtimoiy; xalq hokimyatini ta‘minlash; konstitutsion tuzumni himoya qilish; qonunchilik va huquq tartibotni taminlash; jamiyatni birlashtirish ijtimoiy hakamlik; ekologik; madaniy-ma‘rifiy. Tashqi funksiyalarga: global muammolarni hal etishda ishtirok etish; milliy xavfsizlikni ta‘minlash; o’zaro foydali hamkorlikni rivojlantirish; xalqaro munosabatlarda davlat munosabatlarini himoya qilish kiradi. Davlatning iqtisodiy funksiyasiga iqtisodiy jarayonlarni soliq va kredit siyosati vositasida tashkil etish, uyg’unlashtirish, tartibga solish, iqtisodiy o’sish uchun imkoniyatlar yaratish yoki sanksiyalar qo’llash singari tadbirlar kiritiladi. Ijtimoiy funksiyaga odamlarni ish, uy-joy, sog’liqni saqlash tizimi xizmatlari bilan ta‘minlash, keksalar va nogironlarga, ishsizlarga, yoshlarga ijtimoiy kafolotlar yaratish, hayot. mulk, sog’liqni sug’urta qilish xizmatlarini ta‘minlash singarilar kiradi. Huquqiy funksiyaga tartibni ta‘minlash, huquq sohasini rivojlantirib borish, ijtimoiy tizimni himoya qilish singari vazifalar kiradi. Madaniy-tarbiyaviy funksiya aholining madaniy ehtiyojlarini qondirishga, insonlarni jahon ma‘naviyati durdonalaridan bahramand bo’lishlari uchun sharoitlar yaratishga va inson o’zini ijodda namoyon etishi uchun imkoniyatlar yaratishda namoyon bo’ladi. Davlatning siyosiy funksiyasiga jamiyatda siyosiy barqarorlikni ta‘minlash, hokimiyatni amalga oshirish, siyosiy kursni ishlab chiqish va aholining manfaatlarini uyg’unlashtirish kiradi.