DAVLAT MADHIYASI
DAVLAT MADHIYASI — davlat gerbi va davlat bayrog’i bilan bir katorda davlat rasmiy ramzi hisoblanadigan she’riy-musiqiy tantanavor asar, gimn. U asosan tantanali yig’ilishlar vaqtida, jamiyat hamda muhim davlat ahamiyatiga molik voqealarni nishonlash yuzasidan o’tkazilayotgan marosimlarda, xalqaro sport musobaqalarida g’oliblarni mukofotlash chog’ida va hokazolarda ijro etiladi. O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqaviy tahriri [Abdulla Oripov so’zi, Mutal (Mutavakkil) Burhonov musiqasi] O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi qonuni bilan tasdiqlangan. Shu qonunda O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini ijro etish bilan bog’liq talab va qoidalar belgilab qo’yilgan.