DAVLAT MADHIYASI

DAVLAT MADHIYASI (yun. himios – tantanali qo’shiq) — davlat gerbi va davlat bayrog’i bilan bir qatorda davlat rasmiy ramzi hisoblanadigan she‘riy-musiqiy tantanavor asar, gimn. U asosan tantanali yig’ilishlar vaqtida, jamiyat hamda muhim davlat ahamiyatiga molik voqealarni nishonlash yuzasidan o’tkazilayotgan marosimlarda, xalqaro sport musobaqalarida g’oliblarni mukofotlash chog’ida va h.k.da ijro etiladi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risidagi qonun 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan. Uning so‘zlari Ozbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripov tomonidan yozilgan, musiqasi Mutal Burxonov tomonidan bastalangan.