DAVLAT MOLIYASI

DAVLAT MOLIYASI — davlat ixtiyorida pul jamg’armalarining tashkil etilishi, taqsimlanishi va sarflanishi sohasidagi moliyaviy munosabatlar. Davlat moliyasining mablag’lari umummilliy manfaatlar yo’lida sarflanadi, davlatning funksiyalarini bajarishga xizmat qiladi. Davlat moliyasi pul jamg’armalari, moliya mexanizmi, davlatning moliyaviy institutlari (idoralari) va moliya siyosatini o’zida mujassamlashtiradi. Davlat moliyasi tarkiban davlat budjeti, mahalliy (munitsipal) budjetlar, davlat korxonalarining moliyasi (ularning budjeti), hukumatga qarashli maxsus jamg’armalar, davlat krediti (davlat qarz olgan va qarzga beradigan vositalari) kabi turlarga bo’linadi.