DAVLAT MONOPOLIYASI

DAVLAT MONOPOLIYASI — jamiyatda muayyan iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, ayrim tovarlarni ishlab chiqarish yoki ba‘zi tovarlar savdosi bo’yicha davlatning yagona egalik qilish huquqi. Ayrim mamlakatlarda katta foyda beradigan spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, qurol-yarog’lar ishlab chiqarish, pul bosib chiqarish, eksport va import nazorati va boshqalar Davlat monopoliyasi hisoblanadi. Davlat o’z monopoliyasi bo’lgan faoliyat turini yashirin amalga oshirishga yo’l qo’ymaslik chora-tadbirlarini ko’radi.