Davlat siyosiy boshqarmasi
Davlat siyosiy boshqarmasi (ruscha Gosudarstvennoye politicheskoye upravleniye, GPU)-sho’rolar davlat xavfsizligini muhofaza qilish maqsadida 1922 yili Butunrossiya favqulodda komissiyachi (VChK) o’rniga tuzilgan. 1923 yildan Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (OGPU) deb ataldi. Bu organ sobiq Ittifoqda, jumladan, O’zbekistonda siyosiy qatag’onlar uyushtirgan.