DAVLAT ZAYOMLARI
DAVLAT ZAYOMLARI – davlat iqtisodiy faoliyatni amalga oshirib, qarz beruvchi, shuningdek, qarz oluvchi ham bo’ lishi mumkin. U oladigan kredit davlat zayomi deyiladi. Davlat zayomi – obligatsiyalar, ya’ni uning egalariga muayyan muddat o’tgach, qarz va foizlar summasini qaytadan olish huquqini beradigan qarz majburiyatlarini chiqarish va sotish orqali amalga oshiriladi. Qarzga olingan pullarni davlat, odatda, budjet taqchilligini qoplash, davlat hamda mahalliy hokimiyat idoralarini mablag’ bilan ta minlashga sarflaydi.