DAVRAKASHLIK

DAVRAKASHLIK — to’quv korxonalarida pishitilgan ipakni davraga o’rab tandalash. Davrakashlik bilan shug’ullanuvchi usta davrakash deb ataladi. Qadimda davralash davra, qumxona, panja vositasida olib borilgan. Sun’iy ipak va tabiiy ipakni davralash bir-biridan sal farq qiladi. Masalan, viskozani davralashda uning iplari yozilib ketadi. Shuning uchun u Choriga emas, g’altakka o’raladi va iplarning uchlari birlashtirilib, so’ng davraga o’raladi. Hozir atlas to’qish korxonalarida ipak davralash ishi asosan mashinalarda olib boriladi.