DE BROYL TO’LQINI
DE BROYL TO’LQINI – harakatlanayotgan har qanday zarra bilan bog’liq bo’lgan hamda uning kvant tabiatini aks ettiruvchi to’lqin; bu tushunchani 1924 yilda L. de Broyl fanga kiritgan. Hozir to’lqin funktsiyasi deb hisoblanadigan De Broyl to’lqini zamonaviy kvant mexanikaga asos bo’ldi. Dastlab, yorug’likni zarralar (yoruglik kvantlari) oqimi, ba’zan esa to’lqinlar oqimi deb tushuntirilar edi. De Broyl har qanday zarra harakati to’lqin xossalariga ega deb faraz qildi. Zarralar difraktsiyasi kashf qilinishi de Broyl farazi to’g’riligini tasdiqlaydi.